Sizni birinchi oʻringa qoʻyadigan brauzer

Reklamalarni bloklang. Trafikni tejang. Keyin veb-sahifalar tezroq yuklanadi. Buning uchun brauzerni almashtirishingiz kifoya.

Maxfiy qidiruv

Brave Qidiruv bilan yanada yaxshiroq natijalar, AI javoblaridan foydalaning va hech qanday profil yaratilmaydi.

Ichki AI yordamchi

Javoblar oling, kontent yarating va boshqalarni bajaring. Shundoqqina brauzerda.

Leo AI

Kuchli VPN

Qurilmangizdagi har bir ilovani himoyalang.

Firewall + VPN

Foydalanuvchini birinchi oʻringa qoʻyadigan Veb qanday boʻladi?

Yanada kuchaytirilgan maxfiylik. Tezroq yuklanadigan veb-sahifalar. Yanada osonroq navigatsiya. Odamlarni texnologik kompaniya manfaatlaridan ustun qoʻyadigan yondashuv.

Shuningdek, yoqimsiz kontentlarsiz Internet

Brave har bir veb-saytda tashqi reklamalarni bloklaydi. Bu video reklamalar, qidiruv reklamalari, ijtimoiy tarmoq reklamalari va boshqalardir.

Yoqimsiz “Cookie-fayllarni qabul qilasizmi?” xabarlari-chi? Ha, ularni ham bloklaymiz.

Trafik, batareya quvvati va vaqtni tejang

Bunday keraksiz maʼlumotlar bloklangach, Wi-Fi aloqa kanali va mobil trafik tejaladi, batareya ishlash muddati va CPU samaradorligi oshadi. Veb-saytlar 3-6 barobar tezroq yuklanadi. Kamroq kutish = kunlik koʻproq vaqtni tejash.

Yuqori darajali maxfiylik

Brave Qalqonlar kuzatuv va barmoq izini aniqlashdan himoyalaydi. Premium VPN xizmati qayerda ekaningizdan qatʼi nazar har bir seansni shifrlay oladi. Veb-saytlarning maʼlumotlaringizni sotish va ulashishni toʻxtatish uchun Global maxfiylik nazorati odatda yoniq turadi.

Bularning hammasi (va undan ortigʻi) bitta juda qulay paketda.

Odatiy ravishda yoniq turadigan ichki xavfsizlik vositasi

Brave brauzerini oʻrnatilganidan keyin darhol ishlatish mumkin. Hech qanday sozlama, kengaytma yoki PhD ilmiy darajasi kerak emas.

Almashish oson

Atigi 60 soniyadan keyin yanada tezroq, maxfiyroq va qulayroq Internetdan foydalanishingiz mumkin.

Brave brauzerini yuklab olish, eski brauzeringizdan saralanganlarni import qilishingiz kifoya va… Hammasi tayyor!

Reklamalar kamroq Internet

Ayrim ommalashgan saytlarni Brave va boshqa brauzerlarda tekshiring. Farqni sezdingizmi?

Brave va boshqa brauzerlar orasidagi farqni taqqoslash uchun slayderni suring

brave
chrome
brave
chrome

Maxfiylik, unumdorlik va funksiyalarda oldinda

Brave boshqa brauzerlardan qanday farq qilishini ushbu batafsil taqqoslashlar orqali koʻring.

Brave va Chrome

Maxfiylik va unumdorlikka kelsak, Chrome Brave brauzeridan ancha ortda qoladi.

Chrome bilan taqqoslaganda

Brave va Firefox

Bir paytlar keng foydalanilgan Firefox yirik texnologik kompaniyalar muqobillari roʻyxatining oʻrtasiga tushib qolgan.

Firefox bilan taqqoslaganda

Brave Qidiruv va Google

Dunyodagi eng ommalashgan qidiruv tizimi foydalanuvchi axborotlarini oladi va javoblarga emas, reklamaga ustuvorlik beradi.

Google bilan taqqoslaganda

Brave Qidiruv va DuckDuckGo

Aslida Microsoft Bing asosida ishlaydigan “muqobil” qidiruv tizimi.

DDG bilan taqqoslaganda

Shaxsiy axborotlaringiz emas, vaqtingizni qadrlaydigan brauzer

Brave brauzerini Android, iOS, Linux, macOS yoki Windows uchun yuklab oling

App Illustration
*Brave korporativ guruh siyosatini oʻrnatish orqali tashkilotingiz uchun qaysi funksiyalarni yoqish/faolsizlantirishni sozlash imkonini beradi.

Savol-javob

Brave brauzeri xavfsizmi?

Brave bugungi kunda sohadagi eng xavfsiz brauzerlardan biridir. U maxfiylik talablarini buzadigan reklamalar va trekerlarni bloklaydi. Uchinchi tomonlarning maʼlumot saqlashini taqiqlaydi. Brauzer barmoq izini qayd qilishdan himoyalaydi. Deyarli har bir veb-sahifa uchun xavfsiz https ulanish usulidan foydalanadi. Bularning hammasini odatiy ravishda bajaradi.

U dunyodagi milliardlab foydalanuvchilar ishlatadigan brauzerlar kabi ochiq kodli Chromium Web asosida yaratilgan. Bu manba kodi, ehtimol, xavfsizlik mutaxassislari tomonidan boshqa har qanday brauzerga nisbatan koʻproq tekshiriladi. Shu sababdan, Brave nafaqat ishonchli, balki deyarli boshqa barcha brauzerlardan xavfsizroq hamdir. Batafsil.

Brave qanday yuklab olinadi va oʻrnatiladi?

Brave brauzerini deyarli barcha desktop kompyuterlar (Windows, macOS, Linux) va mobil qurilmalarga (Android and iOS) oʻrnatish mumkin. Foydalanishni boshlash uchun Brave brauzerini desktop, Android yoki iOS uchun yuklab olishingiz kifoya.

Brave brauzerida VPN bormi?

Ha! Brave Firewall + VPN sizni Internetdan foydalanishda, hatto Brave brauzeridan tashqarida ham himoyalaydi. Bitta obuna bilan jami 5 ta – Android, iOS va desktop qurilmada foydalanish mumkin.

Brave YouTube reklamalarini bloklaydimi?

Ha, Brave brauzeri YouTube kabi video saytlaridagi reklamalarni bloklay oladi. Bunga sahifadagi reklamalar, videodan avvalgi va video ichidagi reklamalar, tugash kartochkasidagi reklamalar va boshqalar kiradi. Reklamalarni bloklash orqali ortiqcha maʼlumotlardan xalos boʻlasiz va videolar tezroq yuklanadi. Brave YouTube reklamalarini qanday bloklashi haqida batafsil.

Brave Qidiruv vositasi nima?

Brave Qidiruv – bu Brave brauzerining aksar yangi foydalanuvchilariga odatiy ravishda taqdim etiladigan maxfiy, mustaqil qidiruv vositasidir. Undan boshqa brauzerlarda ham search.brave.com manzili orqali foydalanish mumkin. Brave Qidiruv mustaqil Internet indeksidan tez va aniq natijalarni taqdim etadi va kuchli AI javob vositasi kabi unikal funksiyalarni taklif qiladi. Boshqa qidiruv vositalaridan farqli ravishda, Brave Qidiruv profilingizni yaratmaydi; avvalo olinmasligi sababli unda shaxsiy maʼlumotlaringiz ulashilmaydi, sotilmaydi yoki yoʻqolmaydi. Brave Qidiruv haqida batafsil.

Brave brauzeridan qaysi tillarda foydalanish mumkin?

Brave brauzeri deyarli 160 ta tilga, jumladan, xitoy tilining toʻrtta lahjasiga tarjima qilingan. Brave Qidiruv hozir deyarli 20 ta tilda ishlaydi, kelgusida esa yana boshqa tillarni dastaklash rejalashtirilmoqda.

Brave kimga tegishli?

Brave brauzeri, Brave Qidiruv va ulardagi turli funksiyalar Brave Software Inc mustaqil xususiy kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Brave boshqa hech qanday texnologik kompaniyaga tegishli emas va har kuni yirik texnologik kompaniyalarning shaxsiy hayotga daxl qilishiga qarshi kurashishda davom etmoqda. Brave qandaydir qiyofasiz texnologik kompaniyalarga emas, haqiqiy odamlarga yordam beradi.

Brave brauzeri ochiq kodli dasturmi?

Ha. Brave brauzeri ochiq kodli Chromium Web asosida yaratilgan, mijoz ilovamiz kodi esa Mozilla Public License 2.0 asosida taqdim etiladi.

Brave Chrome brauzeridan nimasi bilan farq qiladi?

Oddiy qilib aytganda, Brave Google Chrome brauzeridan 3 barobar tezroq ishlaydi. Maxfiylikka daxl qiladigan reklamalar va trekerlar odatiy ravishda bloklanishi sababli, siz tashrif buyuradigan veb-sahifalar hajmi kichrayadi. Yaʼni, bunda sahifalar tezroq yuklanib, vaqt, pulingiz va batareya quvvati tejaladi. Shuningdek, Internetdan yanada xavfsizroq foydalanasiz. Batafsil.

Brave brauzeri bepulmi?

Ha, Brave brauzeridan foydalanish mutlaqo bepul. Foydalanishni boshlash uchun Brave brauzerini desktop, Android yoki iOS uchun yuklab olishingiz kifoya. Shuningdek, Brave Qidiruv tizimidan search.brave.com manzili orqali istalgan brauzerda foydalanishingiz yoki uni birlamchi qidiruv tizimi qilib sozlashingiz mumkin.

Brave obuna asosidagi ayrim ajoyib funksiyalarga, jumladan, Brave Talk Premium va Brave Firewall + VPN funksiyalariga ham ega.

BAT nima va qanday ishlab olinadi?

BAT – bu Basic Attention Token (asosiy diqqat tokeni) qisqartmasidir. BAT raqamli vosita boʻlib, Brave Mukofotlar ekotizimining muhim (lekin mutlaqo ixtiyoriy) qismi hisoblanadi. U quyidagicha ishlaydi:

Brave Mukofotlar veb-saytlardan foydalanishda sizga maxfiylik talablarini buzmaydigan reklamalarni birinchi tomon sifatida koʻrish imkonini beradi (bu reklamalar Brave Maxfiy reklamalar tarmogʻidan olinadi). Agar ularni koʻrishni tanlasangiz, Brave Mukofotlar dasturi orqali BAT ishlab olasiz.

BAT tokenini boshqa istalgan raqamli vosita kabi saqlashingiz yoki yoqtirgan kontent noshirlaringizga hadya qilishingiz mumkin. Brave sizga hatto Brave Hamyon yordamida BAT tokenlarini (va boshqa istalgan vositani) xavfsiz saqlash imkonini ham beradi. Shuningdek, Brave Mukofotlar mutlaqo ixtiyoriy dasturdir.

Boshqa texnologik kompaniyalar reklama sotish maqsadida maʼlumotlaringizni oʻgʻirlaydi – siz ular uchun shunchaki mahsulotsiz. Brave boshqacha. Biz diqqatingizni (va maxfiyligingizni!) qadrlaymiz hamda siz koʻrishni tanlagan reklama uchun adolatli ravishda daromaddan ulush olishingiz kerak, deb hisoblaymiz. Bu adolatli ulush BAT shaklida beriladi.